Oqoltinda mosh eksporti hajmi ortmoqda
2025-11-04 09:25:00 / Yangiliklar

Oqoltin tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, mosh eksporti hajmi izchil oshib bormoqda.
“Oqoltin Eksport Invest” MCHJ hamda Xitoy Xalq Respublikasi vakillari o‘rtasida olib borilgan samarali muzokaralar natijasida 5 million AQSH dollarlik eksport shartnomasi imzolandi. Ayni kunga qadar korxona tomonidan 2 million 780 ming dollarlik mahsulot eksportga jo‘natilgan.
Korxonada 30 nafar ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, yiliga 10–11 ming tonna dukkakli mahsulot qayta ishlanadi. Xitoydan olib kelingan zamonaviy texnologiyalar moshning rangi, tozaligi va o‘lchamiga qarab saralab, qadoqlash imkonini beradi,” — deydi korxona rahbari Inoyatullo Xolboyev.
Ma‘lumot uchun, joriy yilda tumanda g‘alladan bo‘shagan maydonning 7 ming gektariga takroriy ekin sifatida mosh ekilib, eksport hisobidan valyuta tushumlari sezilarli darajada oshmoqda.
