Xotin-qizlar raqamli savodxonligini oshirishga qaratilgan seminar
2025-10-10 11:55:00 / Yangiliklar

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy sho‘basi hamkorligida Oqoltin tumani hokimligi majlislar zalida “INNAWOMENWEEK-2025” — ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion haftaligi doirasida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar Oqoltin, Mirzabod va Sardoba tumanlari xotin-qizlar faollari uchun o‘tkazilib, unda ishtirokchilarni elektron hukumat xizmatlaridan foydalanish, raqamli savodxonlikni oshirish hamda axborot texnologiyalari orqali o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsad qilingan.Tadbir davomida Raqamli texnologiyalar vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy sho‘basi mas’ul xodimlari tomonidan amaliy ko‘rsatmalar berilib, xotin-qizlar o‘z ish faoliyatida zarur bo‘lgan yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.


