📌 “PAYSHANBA YOSHLAR KUNI”: YOSHLAR BILAN SAMIMIY MULOQOT
2026-10-29 17:45:00 / Yangiliklar

Bugun “Payshanba yoshlar kuni” munosabati bilan Oqdaryo tumani hokimi Temur Maxmudov Yangiobod mahallasida o‘ziga biriktirilgan “og‘ir toifa”dagi yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tuman rahbari yoshlar bilan samimiy muloqot qilib, ularning oilaviy sharoiti, o‘qishi, bandligi hamda kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi. Yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda mavjud muammolarini ijobiy hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Yoshlar bilan manzilli ishlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish — doimiy e’tiborda!




