📌 Yoshlar bandligini ta’minlash — doimiy e’tiborda!
2026-10-22 14:25:00 / Yangiliklar

🇺🇿 Oqdaryo tumani Yangiqo‘rg‘on mahallasida bitiruvchi va ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda daromad manbalarini shakllantirish maqsadida manzilli uchrashuv tashkil etildi.
🤝 Uchrashuvda biriktirilgan vakil — Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri Dildora Adilova hamda mahalla yoshlar yetakchisi M. Mardiyev ishtirok etib, bitiruvchi va ishsiz yoshlar, shuningdek, ularning oila a’zolari bilan yuzma-yuz muloqot olib bordilar.
📑 Muloqot davomida yoshlarning bandlik holati, kasbiy qiziqishlari, ishga joylashish istaklari, kasb-hunar o‘rganish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari atroflicha o‘rganildi. Shu bilan birga, yoshlar duch kelayotgan muammolar, mavjud to‘siqlar va ularning takliflari tinglandi.
👨👩👧👦 Ota-onalar bilan o‘tkazilgan suhbatlarda yoshlarning kelajakdagi kasbiy faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirish, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish hamda barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
✅ Uchrashuv yakunida yoshlarni rasmiy bandlikka jalb etish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
📈 Mazkur manzilli o‘rganishlar yoshlar bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish va har bir yoshning imkoniyatlaridan samarali foydalanishga qaratilgan.




