Oqdaryo tumanida Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish yo‘nalishida o‘quv kurslari yakunlandi
2026-10-19 15:25:00 / Yangiliklar

Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish – 2-faza” loyihasi doirasida Oqdaryo tumanida o‘tkazilgan “Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish” o‘quv kurslari nihoyasiga yetdi.
Tadbirkorlik, moliyaviy savodxonlik, biznes-reja tuzish va marketing asoslari bo‘yicha bilim olgan xotin-qizlar yakuniy test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘z biznes g‘oyalari va loyihalarini taqdim etdi.
Bitiruv marosimida LAOG Samarqand viloyati koordinatori Zulfiqor Karimov hamda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Yulduz Oʻroqova loyihaning monitoring va baholash bo'yicha mutaxassislari ishtirok etdi. Ishtirokchilarning biznes rejalari eshitildi.





