XORIJDAGI OQDARYOLIK YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
2026-10-14 20:05:00 / Yangiliklar

Bugun Oqdaryo tumani hokimligi mas’ullari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan oqdaryolik yoshlar bilan Telegram tarmog‘i orqali ovozli muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida xorijda mehnat qilayotgan yoshlarning murojaatlari, ularni qiynayotgan muammolar va takliflari tinglandi. Bildirilgan masalalar yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli tushuntirishlar berilib, ularning yechimi bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Bunday ochiq muloqotlar xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan doimiy aloqani mustahkamlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topishga xizmat qiladi.
Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati




