Xotin-qizlar tadbirkorligiga yangi imkoniyatlar
2026-10-08 11:45:00 / Yangiliklar

Xotin-qizlar tadbirkorligiga yangi imkoniyatlar
Ayni kunlarda Oqdaryo tumanida xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.
«ALFA LINE» (ENCOMPASS) kompaniyasining «Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish — 2-faza» loyihasini amalga oshirish guruhi rahbari Zafar Muyiddinov, loyiha rahbari Dilshod Otaboyev hamda loyihaning Samarqand viloyati koordinatori Zulfiqor Karimov Oqdaryo tumanida bo‘lib, Yangiqo‘rg‘on mahallasidagi Oila va xotin-qizlar maskanida yaratilgan sharoit va amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda.
O‘rganish jarayonida 1-bosqich grant tanlovida g‘olib bo‘lgan mahalladagi xotin-qizlarning faoliyati, ular tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda «ALFA LINE» (ENCOMPASS) kompaniyasi rahbarining tashrifiga ko‘rilgan tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirilmoqda.
Mazkur loyiha xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirishga rag‘batlantirish hamda oilaviy daromadlarini oshirish uchun muhim imkoniyatlar yaratmoqda.






