Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha o‘quvlar jarayoni o‘rganilmoqda
2026-10-08 11:00:00 / Yangiliklar

#hozir
Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha o‘quvlar jarayoni o‘rganilmoqda
Ayni paytda “ALFA LINE” (ENCOMPASS) kompaniyasining “Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish – 2-faza” loyihasini amalga oshirish guruhi rahbari Zafar Muyiddinov, loyiha rahbari Dilshod Otaboyev hamda loyihaning Samarqand viloyati koordinatori Zulfiqor Karimov Oqdaryo tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida “Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasining 1.4-subkomponenti doirasida 2-sektor hududidagi mahallalar xotin-qizlari uchun tashkil etilgan 3-bosqich o‘quv kurslari jarayoni bilan yaqindan tanishilmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlarida xotin-qizlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, yangi biznes g‘oyalarni shakllantirish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.






