“AQL ZIYOSI” o‘quv markazining yangi filiali ish boshladi
2026-09-21 16:50:00 / Yangiliklar

“AQL ZIYOSI” o‘quv markazining yangi filiali ish boshladi
Bugun Yangqo‘rg‘on mahallasida “AQL ZIYOSI” o‘quv markazining yangi filiali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari, ta’lim sohasi mas’ullari, mahalla faollari, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etib, o‘quv markazida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Ta’kidlash joizki, yangi o‘quv markazida ta’lim olish imkoniyati yanada kengaytirilib, Ijtimoiy reyestrda turuvchi oilalar farzandlari bepul o‘qitiladi.
Bu esa yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallashi hamda kelajakda munosib o‘rin topishi uchun yaratilayotgan muhim imkoniyatlardan biridir.
Yangi filialning faoliyati hududdagi yoshlarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning bilim salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.









