YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
2026-09-17 17:25:00 / Yangiliklar

YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
Bugun, payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Oqdaryo tumanining Uzunqishloq mahallasida tuman hokimi Temur Maxmudov hamda sektor rahbarlari ishtirokida «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» o‘tkazildi.
Unda mahalla yoshlari bilan ochiq muloqot qilinib, ularning taklif va tashabbuslari, mavjud muammolari hamda kelgusidagi rejalari tinglandi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik va kasb-hunarga jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan har bir taklif va murojaat tegishli mas’ullarga biriktirilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Yoshlar bilan ochiq muloqot — ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va kelajakka ishonchini mustahkamlashning muhim omilidir.






