“XOTIN-QIZLAR BALANSI” — MUAMMOLARNI MANZILLI HAL ETISHNING SAMARALI TIZIMI
2026-09-17 16:30:00 / Yangiliklar

“XOTIN-QIZLAR BALANSI” — MUAMMOLARNI MANZILLI HAL ETISHNING SAMARALI TIZIMI
Oqdaryo tumanida xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni manzilli hal etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xatlov jarayonlari davomida har bir xotin-qizning ijtimoiy-iqtisodiy holati, bandligi, salomatligi va mavjud muammolari o‘rganilib, “Xotin-qizlar balansi” shakllantirilmoqda.
“Ayollar daftari” va ijtimoiy reyestrga kiritilgan xotin-qizlarni sog‘lomlashtirish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda zarur ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish choralari belgilanmoqda.
Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning, oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish, huquqiy savodxonlikni oshirish va oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📍 Respublika ishchi guruhi hamda Samarqand viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi vakillari tomonidan Mustaqillik va Pichoqchi mahallalarida “Xotin-qizlar balansi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan ko‘makni yanada kuchaytirish va ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
“Xotin-qizlar balansi” — har bir ayolning muammosini aniqlash, unga manzilli ko‘mak ko‘rsatish va munosib sharoit yaratishga xizmat qiluvchi amaliy tizim.









