RAHBAR VA YOSHLAR — OCHIQ VA SAMIMIY MULOQOT
2026-09-04 18:10:00 / Yangiliklar

RAHBAR VA YOSHLAR — OCHIQ VA SAMIMIY MULOQOT
📍 Bugun Kumushkent mahallasida joylashgan 32-umumta’lim maktabida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
🤝 Uchrashuvda Oqdaryo tumani hokimi Temur Mahmudov hamda viloyat Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Botir Mirzayev yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot qildilar.
💬 Muloqot davomida yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan bildirgan murojaatlari qabul qilindi.
📚 Shuningdek, tadbir yakunida faol va tashabbuskor yoshlarga badiiy adabiyotlar to‘plami sovg‘a qilindi.
🌱 Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini oshirish hamda kelajakdagi ezgu maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yoshlar — kelajak bunyodkorlari!









