🗣 PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI: RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
2026-08-27 17:45:00 / Yangiliklar

🗣 PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI: RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Bugun Payshanba — yoshlar kuni munosabati bilan 2-sektor hududidagi Po‘latdarxon mahallasida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi Temur Maxmudov hamda tuman prokurori Jaxongir Umarov yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotda bo‘lib, ularning taklif va tashabbuslari, muammo va murojaatlarini tingladilar.
Muloqot davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik va kasb-hunarga yo‘naltirish, sport bilan shug‘ullanishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, rahbarlar tadbir o‘tkazilgan 25-umumta’lim maktabining moddiy-texnik bazasi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarini ham o‘rgandilar. Maktabda ta’lim sifatini yanada oshirish va mavjud sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🤝 Yoshlarning har bir tashabbusi — e’tiborda, har bir murojaati — nazoratda!
🇺🇿 Yoshlarga e’tibor — kelajakka e’tibor!









