“PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI”: BILIMGA INTILGAN YOSHLAR E’TIBORDA
2026-08-20 17:45:00 / Yangiliklar

“PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI”: BILIMGA INTILGAN YOSHLAR E’TIBORDA
Bugun “Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan Oqdaryo tumani hokimi Temur Maxmudov hamda tuman sektor rahbarlari yoshlarning bilim va salohiyatini oshirishda yuqori natijalarga erishayotgan “Aql ziyosi” o‘quv markazi o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan uchrashdilar.
Uchrashuvda o‘quv markazida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sifati va o‘quvchilarning erishayotgan natijalari haqida fikr almashildi. Yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish, ularning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, yoshlarga sifatli ta’lim berish, ularning bilim va salohiyatini yuksaltirish yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh yosh o‘qituvchilarning mehnati alohida e’tirof etildi. Ularga tuman hokimining Tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.
Muloqot davomida yoshlar bilan ochiq suhbat o‘tkazilib, ularning ta’lim, kelgusi rejalari va o‘z ustida ishlash borasidagi fikrlari tinglandi.
Tumanimizda bilimli, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoitlarni yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.









