🌿 “OQILA AYOLLAR” FORUMI — TAJRIBA, ILHOM VA AMALIY YECHIMLAR MAYDONI
2026-08-18 17:20:00 / Yangiliklar

🌿 “OQILA AYOLLAR” FORUMI — TAJRIBA, ILHOM VA AMALIY YECHIMLAR MAYDONI
Bugun Oqdaryo tumanida “Oqila ayollar” forumi o‘ziga xos, interaktiv va amaliy formatda tashkil etildi.
📌Forumning asosiy maqsadi — xotin-qizlarni nafaqat tinglovchi, balki fikr bildiruvchi, tashabbus ko‘rsatuvchi va amaliy yechimlar taklif etuvchi faol ishtirokchiga aylantirishdan iborat bo‘ldi.
Forum ma’ruzalar bilan cheklanib qolmay, ishtirokchilar uchun muloqot, tajriba almashish va yangi g‘oyalarni shakllantirishga qaratilgan amaliy maydonlarga boy bo‘ldi.
🔹 “Oqila ayol — oila me’mori” muloqot maydonida oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, farzand tarbiyasi, o‘zaro hurmat va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
🔹 “Mening tashabbusim” maydonida ishtirokchilar oila, xotin-qizlar, yoshlar tarbiyasi va jamiyat hayotiga oid o‘z g‘oya va loyihalarini taqdim etdilar.
📌 Forumning muhim jihati shundaki, unda muammolarni muhokama qilish bilan birga, ularning amaliy yechimlariga qaratilgan aniq taklif va tashabbuslar ham shakllantirildi.
Yakunda bildirilgan eng yaxshi g‘oya va tashabbuslarni saralash hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ishlarini tizimli davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi.
🌱 Oqila ayol — obod oila, sog‘lom jamiyat va barqaror kelajak poydevoridir!









