YANGIHAYOT MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI O‘RGANILDI
2026-08-12 10:30:00 / Yangiliklar
YANGIHAYOT MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI O‘RGANILDI

YANGIHAYOT MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI O‘RGANILDI
Oqdaryo tumani hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Yulduz O‘roqova hamda tuman Savdo-sanoat palatasi boshlig‘i Sherbek Qoraboyev Yangihayot mahallasida xotin-qizlar bilan uchrashdilar.
Uchrashuv davomida xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagi, mavjud imkoniyatlar hamda tadbirkorlikni boshlashda duch kelayotgan muammo va masalalari o‘rganildi.
Murojaatlar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb etish borasida amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati






