Bobur mahallasida maʼnaviy -maʼrifiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi
2026-07-28 12:20:00 / Yangiliklar

Bobur mahallasida maʼnaviy -maʼrifiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi
Bugun Jamoatchilik guruhi aʼzolariBobur mahallasida tuman hokimining oʻrinbosari oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Y.Oʻroqova, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning tuman bosh mutaxassisi A.Nasimov, tuman IIB xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori D.Eshonqulova, tuman bosh otin oyisi Sh.Hakimova, "Oqila ayollar harakati" yetakchisi N.Nurmatova, mahalla faol nuroniylar, otinoyilar va oqila ayollari ishtirokida mahallada"Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish", "Milliy libos maʼnaviyat koʻzgusi", mavzularida hamda oilaviy ajrimlarni, oilalarda zo‘ravonlikni hamda erta nikohni oldini olish, ayollar va bolalar xavfsizligini, oilalarni mustahkamligini ta’minlashda profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha jarayonlar yuzasidan muloqot tashkil etildi.
Aholi o‘rtasida xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini oldini olishga qaratilgan Prezidentimizning PF-33 va PQ -1, PQ-2 sonli qarorlari ijrosi yuzasidan targ’ibot o’tkazildi.




