"Po‘latdarxon" mahallasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
2026-07-06 11:25:00 / Yangiliklar

"Po‘latdarxon" mahallasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosari Y.O‘roqova, Xalq deputatlar Oqdaryo tuman Kengashi kotibiyat muduri D.Adilova, tuman IIB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektor D.Eshonqulova, tuman bosh otinoyisi Sh.Xakimova hamda tuman “Oqila ayollar harakati” rahbari N.Nurmatovalar hamkorligida Po‘latdarxon mahallasida mahallaning faol xotin-qizlari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish”, “Ibratli xonadon bekasi”, “Milliy libos ma’naviyat ko‘zgusi” mavzularida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbir tashkilotchilari bugungi kunda mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalikning ahamiyati, milliy an’ana va urf-odatlarni saqlash hamda rivojlantirish orqali do‘stlik, hamjihatlikni ta’minlash, yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga e’tiborning zarurligi va kiyinish madaniyati xususida tushunchalar berishdi.



