Oqdaryoda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tmoqda
2026-06-25 11:05:00 / Yangiliklar

#hozir
Oqdaryoda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tmoqda
Ayni paytda “Payshanba yoshlar kuni” munosabati bilan Oqdaryo tumani Kumushkent mahallasida joylashgan 32-umumta’lim maktabida viloyat hokimining o‘rinbosari Husan Tuxtayev ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazilmoqda.
Uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, ta’lim va kasb-hunar egallashlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida fikr almashilmoqda.
Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirib, mutasaddi rahbarlar tomonidan ularning savollariga atroflicha javoblar berilmoqda.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘rganish hamda ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.









