Zarafshon mahallasida xotin-qizlar uchun huquqiy seminar tashkil etildi
2026-06-24 12:50:00 / Yangiliklar

Zarafshon mahallasida xotin-qizlar uchun huquqiy seminar tashkil etildi
Bugun Zarafshon mahallasida “Ayollar daftari”ning huquqiy yordamga muhtoj toifasiga kiritilgan xotin-qizlar uchun huquqiy targ‘ibot seminari o‘tkazildi.
Seminarda tuman hokimi o‘rinbosari Y.O‘roqova, tuman prokurori yordamchisi M.Saydaliyev, tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori D.Eshonqulova hamda tuman adliya bo‘limi xodimi J.Xolnazarov ishtirok etdi.
Tadbir davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy himoya masalalari hamda amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning muammolarini o‘rganish va qonuniy yechim topishda ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.






