📍 Oqdaryo tumanida tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
2026-06-20 15:30:00 / Yangiliklar
📍 Oqdaryo tumanida tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi

📍 Oqdaryo tumanida tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
📌Joriy yil 20-iyun kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni joyida hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
📌Sayyor qabul davomida tadbirkorlar tomonidan kredit ajratish, yer maydonlari, va boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, muammolarni tezkor bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
📌Mazkur sayyor qabul tadbirkorlik muhitini yaxshilash, fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash hamda hududda iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qilmoqda.






