Respublika ishchi guruhi tomonidan mahalla xotin-qizlar faollariga seminar tashkil etildi
2026-06-11 12:30:00 / Yangiliklar

Respublika ishchi guruhi tomonidan mahalla xotin-qizlar faollariga seminar tashkil etildi
Oqdaryo tumanining barcha mahallalarida “Ayollar daftari”ning 7-bosqich ro‘yxatini shakllantirib, mahalla xotin-qizlar faollari tomonidan individual dasturlar shakllantirilmoqda.
Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan Samarqand viloyatiga biriktirilgan vakil Ulug‘bek Muxammedov va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Abdusaidov Akbar tumanimizda bo‘lib, tuman tashkilotlari mas’ul xodimlari va mahalla xotin-qizlar faollariga “Ayollar daftari”ning 7-bosqichini ish hujjatlarini yuritish va individual dasturlarini shakllantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.





