Oqdaryo tumanida investitsiyaviy hamkorlik aloqalari kengaymoqda
2026-05-27 10:25:00 / Yangiliklar

Oqdaryo tumanida investitsiyaviy hamkorlik aloqalari kengaymoqda
Oqdaryo tumani hokimining o‘rinbosari Bahodir Jo‘rayev Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari davomida Jiangsu provinsiyasi Syuchjou shahridagi "Jangsu Pengtai Electric" Co Ltd kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Korxona 2026-yildan buyon o‘rta va yirik quvvatdagi transformator ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Uchrashuv davomida kompaniya rahbari janob Vong O‘zbekiston bozorini kompaniya vakillari tahlil qilganini hamda yaqin kelajakda Samarqand viloyatida yangi kompaniya tashkil etish, trasformatorlar, elektr taqsimlash shkafini ishlab chiqarish istagini bildirdi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama dastlabki anglashuv memorandumi imzolandi.




