Oqdaryo tumanida investitsiyaviy hamkorlik aloqalari kengaymoqda
2026-05-26 16:45:00 / Yangiliklar
Oqdaryo tumanida investitsiyaviy hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Oqdaryo tumanida investitsiyaviy hamkorlik aloqalari kengaymoqda
Oqdaryo tumani hokimi o‘rinbosari Bahodir Jo‘rayev Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari davomida Hebei provinsiyasi Handan shahrida joylashgan "Hebei Silicon Valley Chemical" Co.,ltd kompaniyasi rahbari janob Son Furu bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida "Hebei Silicon Valley Chemical" Co.,ltd kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan bir qator mineral va kimyoviy o‘g‘itlar ishlab chiqarilish muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida kompaniya vakillari O'zbekiston bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqib, ishlab chiqarishni O‘zbekistonda tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.



