🏆 Kasbiy mahorat maydonida Oqdaryo tumani yoshlari bellashmoqda!
2026-05-26 14:35:00 / Yangiliklar

🏆 Kasbiy mahorat maydonida Oqdaryo tumani yoshlari bellashmoqda!
Bugun Oqdaryo tumanida “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining tuman bosqichi ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tanlov yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.
Tanlov davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z bilim, iste’dod va mahoratlarini namoyish etib, amaliy hamda nazariy sinovlarda faol qatnashmoqda. Jarayonlar adolat va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilgan bo‘lib, eng munosib qatnashchilar keyingi bosqichga yo‘llanma oladi.
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti — bilimli, izlanuvchan va kasb-hunarli yoshlar qo‘lida! Oqdaryolik yoshlar esa o‘z salohiyati, intilishi va yutuqlari bilan buni amalda isbotlamoqda.









