YUKSAK MA'RIFATLI AVLOD - UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI
2026-05-25 14:45:00 / Yangiliklar

YUKSAK MA'RIFATLI AVLOD - UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI
📚 2026-yil 25-may kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Yuksak ma'rifatli avlod - uchinchi renessans poydevori” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda va munosib tarzda tashkil etildi.
🔹Tadbir davomida o‘quv yili yakunlari sarhisob qilinib, yil davomida yuqori natijalarga erishgan, maktab hayotida faol ishtirok etgan o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari taqdirlanib, ularga tashakkurnomalar topshirildi.
🌟 “So‘nggi qo‘ng‘iroq” — bu nafaqat bir o‘quv yilining yakuni, balki yangi orzular, katta maqsadlar va porloq kelajak sari qo‘yilgan dadil qadamdir.
🎉 Aziz bitiruvchilar! Sizlarga yorqin kelajak, ulkan zafarlar va Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan barkamol insonlar bo‘lishingizni tilaymiz!






