"Jamoatchilik ovozi" guruhi aʼzolari inson taqdiriga befarq emas
2026-05-18 16:25:00 / Yangiliklar

"Jamoatchilik ovozi" guruhi aʼzolari inson taqdiriga befarq emas
Yangiqoʻrgʻon mahallasida tuman hokimi oʻrinbosari oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig’i Y.Oʻroqova, tegishli tashkilotlar mutasaddilari hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida mahallada oilaviy ajrimlarni, oilalarda zo‘ravonlikni hamda erta nikohni oldini olish, oilalar mustahkamligini ta’minlashda profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha jarayonlar yuzasidan muloqot tashkil etildi.
Shuningdek, aholi o‘rtasida xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini oldini olishga qaratilgan Prezidentimizning PF-33 va PQ-1, PQ-2 sonli qarorlari ijrosi yuzasidan targ’ibot o’tkazildi. Unda xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga qarshi murojaat qilish imkoniyatlari, davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va kafolatlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.




