Oila muqaddas dargoh
2026-04-30 10:50:00 / Yangiliklar
Oila muqaddas dargoh

Oila muqaddas dargoh
🔹Uzunqishloq mahallasida tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektor D.Eshonqulova, tuman bosh otinoyisi Sh.Hakimova, tuman targ‘ibot rahbari D.Adilova va xotin-qizlarlar ishtirokida "Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish", "Zo‘ravonlik taraqqiyot kushandasi" mavzularida davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbir tashkilotchilariga bugungi kunda mamlakatimizdagi tinchlik osoyishtalikni ahamiyati,to‘y va maraka marosimlarni ixcham qilib o‘tkazish, oilaviy ajrimlarning oldini olish,notinch va nizoli oilalar bilan ishlash, ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, milliy an’analar va urf-odatlarni saqlash hamda rivojlantirish orqali, yoshlarning ta’lim tarbiyasiga e’tiborni zarurligi xususida tushunchalar berildi




