Yoshlar bilan ishlash — doimiy e’tibor markazida
2026-04-23 18:20:00 / Yangiliklar

Yoshlar bilan ishlash — doimiy e’tibor markazida
Bugun Oqdaryo tuman hokimi T.Maxmudov, DXX tuman bo‘limi boshlig‘i, hokim o‘rinbosarlari, yoshlar yetakchilari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida tumandagi “og‘ir toifa”ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda yoshlar bilan manzilli ishlash, ularga biriktirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, yoshlar bandligini ta’minlash va mavjud muammolarni hal etish borasidagi vazifalar ijrosi atroflicha tahlil qilindi.
Muhokama davomida har bir yosh bilan individual yondashuvni kuchaytirish, amaliy natijadorlikni ta’minlash, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berildi. Bu borada mas’ullarning shaxsiy javobgarligi alohida ta’kidlandi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati




