“Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida yoshlar muammolari o‘rganildi
2026-04-16 17:55:00 / Yangiliklar

“Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida yoshlar muammolari o‘rganildi
Oqdaryo tumanida “Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, tuman IIB boshlig‘i Alisher Ibodov tomonidan Oytamg‘ali mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlarning xonadonlariga borilib, ularning yashash sharoitlari, muammo va takliflari o‘rganildi.
Muloqotlar davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar atroflicha tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, ta’lim olishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
☝️Bu kabi manzilli uchrashuvlar yoshlar muammolarini joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.



