PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI
2026-04-02 14:25:00 / Yangiliklar

PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan Oqdaryo tumani hokimi T.Maxmudov tomonidan 14-son Bolalar musiqa va san’at maktabida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Yoshlar, tuman IIB, DXX ning viloyat va tuman mas’ullari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish hamda tadbirkorlikka jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, mavjud muammo va takliflarini bildirdilar. Mas’ullar tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun yangi imkoniyatlar yaratish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, yoshlarning faolligini oshirish hamda kelgusida ularni ish bilan ta’minlashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.









