Ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash orqali tadbirkorligini rivojlantirish masalalari muhokama etildi
2026-04-01 10:30:00 / Yangiliklar

Ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash orqali tadbirkorligini rivojlantirish masalalari muhokama etildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimining o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Yulduz O‘roqova rahbarligida tegishli tashkilot mas’ullaridan iborat Ishchi guruh a’zolari bilan dolzarb masalalar yuzasidan muhokama o‘tkazildi. Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida "Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish 2-faza" loyihasining 1,4 subkomponenti doirasida Oqdaryo tumanida o‘quv kurslarini tamomlagan ehtiyojmand ayollar guruhiga ajratiladigan kichik grantlar ajratish bo‘yicha masalalar muhokama qilinib, vazifalar belgilab olindi.




