Yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
2026-03-05 15:10:00 / Yangiliklar

Yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqotida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilandi.
Shu munosabat bilan, Oqdaryo tumani prokurori N.Soyipova ishtirokida 45-sonli umumta’lim maktabining bitiruvchi yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida, yoshlarni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi, taklif va tashabbuslar tinglandi, mavjud imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi, ta’lim masalalari yuzasidan fikrlar almashildi.
Shuningdek, yoshlarni qiynayotgan masalalarni tezkorlik bilan yechimini topish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.



