Oqdaryo tumanida “Bir qadamda – ming imkoniyat” shiori ostida tadbirkor xotin-qizlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
2026-02-23 18:05:00 / Yangiliklar
Oqdaryo tumanida “Bir qadamda – ming imkoniyat” shiori ostida tadbirkor xotin-qizlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Oqdaryo tumanida “Bir qadamda – ming imkoniyat” shiori ostida tadbirkor xotin-qizlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Oqdaryo tumani hududidagi Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Bir qadamda – ming imkoniyat” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda tumanda tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etdilar.
Shuningdek, yetakchi tadbirkorlar Munavvar Usmonova, Saodat Bobomurodovalar so‘zga chiqib, o‘z tajribalari hamda muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.




