✅ Murojaatnoma – faoliyatimizga oid muhim hujjat
2026-01-27 12:20:00 / Yangiliklar

✅ Murojaatnoma – faoliyatimizga oid muhim hujjat
Oqdaryo tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan mahallalardagi xotin-qizlar faollari hamda hoji onalar va Oqila ayollar o‘rtasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis orqali xalqimizga qilgan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati xotin-qizlar faollari o‘rtasida tashkil etilgan tadbirda Murojaatnomada eng avvalo, inson omiliga alohida e’tibor berilgani ta’kidlandi.
Oqdaryo tuman hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Y.Oʻroqova so‘zga chiqib, 2026-yilni “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili deb e’lon qilingani, bu borada soha xodimlari oldida ham muhim vazifalar turganini bildirdi. Prezidentimiz Murojaatnomasida ilgari surilgan g‘oyalarni hayotimizga tadbiq etish, keng aholi vakillariga yetkazishda xotin-qizlar faollarining o‘rni alohida ekanligiga e’tibor qaratdi.




