“Mening bog‘im” loyihasi bo‘yicha yashil bog‘ tashkil etildi
2025-11-22 12:05:00 / Yangiliklar

#Yashil_makon_2025
“Mening bog‘im” loyihasi bo‘yicha yashil bog‘ tashkil etildi
Oqdaryo tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Tumaning barcha mahallalarida yashil maydonlar kengaytirilib, atrof obod va ko‘rkamlashtirilmoqda.
Xususan, bugun tumanning Mustaqillik mahallasining Mehnat ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylar yonidan “Mening bog‘im” loyihasi bo‘yicha ajratilgan yer maydonida ham manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi. Unda tuman hokimi Sherzod Qudratov hamda tuman prokurori Norsuluv Soyipovalar ishtirok etishib, barchani obodlik va ozodalik ishlarida faollikka chorlashdi.
Tadbir davomida tuman hokimligi, tuman IIB, O‘rmon xo‘jaligi, ekologiya bo‘limi va boshqa hamkor tashkilotlar xodimlari faol ishtirok etishib, qirim qarag‘ayi, yasin, katalpa va chinor kabi manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.









