Hamkorlik davom etadi
2025-04-19 13:00:00 / Yangiliklar
Tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda

Hamkorlik davom etadi
Oltinsoy tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Bahodir Abdurayemov boshchiligida tumandagi Soliq, Kadastr va boshqa mutasaddi tashkilot xodimlari bilan hamkorlikda Shakarqamish, Yakkatut mahallalaridagi tadbirkorlik subyektlarining muammolari o‘rganilib, masalaning yechimi borasida amaliy yordam ko‘rsatish belgilandi. Bundan tashqari ularga Soliq qonunchiligiga oid tushuncha va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
