Assalomu alaykum, aziz Oltinsoyliklar!
2026-11-23 08:00:00 / Yangiliklar

Assalomu alaykum, aziz Oltinsoyliklar!
Qadrli mehmonlar, hurmatli mehnat faxriylari,
aziz yoşlar, muhtaram bayram iştirokçilari!
Avvalo, barçangizni bugungi qutluğ ayyom — Oltinsoy tumani taşkil etilganligining 45 yilligi munosabati bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Bugun barçamiz uçun alohida ahamiyatga ega bölgan, tarixiy xotiralar, bugungi bunyodkorlik va kelajakka bölgan yuksak işonç mujassam bölgan qutluğ sanani keng nişonlaş uçun jam bölib turibmiz.
1981 yil 23 noyabr kuni Oltinsoy tumani taşkil topdi. Mana, oradan 45 yil vaqt ötdi. Bu davr mobaynida tumanimiz özining boy tarixi, betakror tabiati, saxovatli zamini, mehnatkaş va bağrikeng xalqi bilan vohamizning öziga xos maskanlaridan biriga aylandi.
Albatta, har qanday hududning bugungi taraqqiyoti, avvalo, uning tarixiy yöli, şu zaminda yaşab, mehnat qilgan insonlarning fidoyiligi bilan çambarças boğliqdir. Şu ma’noda, Oltinsoy tumanining 45 yillik tarixiga nazar taşlar ekanmiz, uning rivojlanişiga munosib hissa qöşgan insonlar, rahbarlar, mehnat faxriylari va oddiy zahmatkaş yurtdoşlarimizni alohida ehtirom bilan tilga olamiz.
Bu diyor — buyuk allomalar, ma’rifatparvar insonlar, halol mehnatni uluğlagan dehqonlar, el-yurt ravnaqini öz baxti deb bilgan fidoyi insonlar maskanidir.
Biz şunday tarixga ega bölgan diyor farzandlari ekanimizdan faxrlanamiz!
Tumanimiz taşkil topganida uning dastlabki rahbari sifatida tuman ijroiya qömita raisi Hamid Jabborov faoliyat yuritgan edi. Şu bilan birga öşa davrda Tojimurod Rahmonov, Mengortiq Abdurahimovlar, tuman partiya komitetining birinçi kotibi Abdunazar Töraqulovlar ham Oltinsoy tumanini rivojlantirişda özining munosib hissalarini qöşgan.
Hokimlik instituti joriy etilişi bilan Oltinsoy tumaniga birinçi hokim sifatida Toşpölat Abduraxmonov
(1990–1995-yillar), faoliyat yuritib, undan söng Aliboy Bötaev (1995–1998-yillar), Rustam Alimov (1998–2009-yillar), Xolmamamat Samatov (2009–2016-yillar),
Erkin Boyniyozov (2016–2019-yillar), Alişer Djumaev (2019–2023-yillar) hamda Bahrom Maxmatraemov (2023–2025-yillar)lar turli davrlarda Oltinsoy tumani hokimi sifatida tumanimiz taraqqiyoti yölida faoliyat yuritişdi.
Şuningdek, “Otamdan qolgan dalalar”, “Ot kişnagan oqşom”, “Bu dunyoda ölib bölmaydi” kabi oltinga teng asarlari bilan tanilgan, Özbekiston xalq yozuvçisi Toğay Murod ham Oltinsoy tumani farzandi hisoblanadi. Hozirgi kunda u yaşagan mahallaga Toğay Murod nomi berilib, yaşagan uyi uy-muzeyiga aylantirilgan. Ayni vaqtda Oltinsoylik ijodkor jurnalistlar Qöçqor Norqobil va Gulandom Toğaevalar ham Toşkent şahrida ijod qilib kelişmoqda.
Aziz yurtdoşlar!
Bugun Oltinsoy haqida söz yuritar ekanmiz, sönggi yillarda tumanda amalga oşirilayotgan keng kölamli bunyodkorlik işlari, yangi işlab çiqariş quvvatlari, zamonaviy infratuzilma ob’ektlari va investitsiya loyihalarini alohida ta’kidlaşimiz lozim.
Xususan, keyingi ön yillikda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Yangi Özbekistonimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar natijasida tumanimizda ham sanoat, xizmat körsatiş, qişloq xöjaligi, turizm va ijtimoiy sohalarda köplab yangi inşootlar barpo etildi, mavjud korxonalar faoliyati kengaytirildi.
Jumladan, tumanimizda 200 örinli zamonaviy “Xöjaipok” sanatoriysi, “Turon Eko kömir” qazib oliş korxonasi, “Best-Veg” meva-sabzavot mahsulotlarini quritiş va qadoqlaş korxonasi, “Sulton şarbati” içimlik işlab çiqariş korxonasi, “Don Oltinsoy” un mahsulotlari işlab çiqariş korxonasi, “Oltinsoy Registon Mega” MÇJga qaraşli issiqxonalar, “Yaxna Zilol” MÇJ tomonidan turli xil içimlik suvlarini qadoqlaş korxonasi faoliyati yölga qöyilganligi tumanimiz iqtisodiy salohiyatining yanada ortib borayotganidan dalolat beradi.
Şuningdek, “Qoratepa” mahallasida yangi “Eko bozor” majmuasi barpo etilgani, “Oltinsoy bunyodkor” korxonasi tomonidan amalga oşirilayotgan “Oltinsoy Siti” köp qavatli turar-joy binolari majmuasi ham tumanimiz qiyofasiga yangiça mazmun va zamonaviy körk bağişlamoqda.
Ayniqsa, tumanimizning eng gözal va tarixiy maskanlaridan biri bölgan “Xöjaipok ota” ziyoratgohida yil davomida
200 ming nafar mahalliy va xorijiy sayyohlarga xizmat körsatuvçi yirik Turizm maskani qurilişiga start berilgani alohida e’tiborga loyiqdir. Mazkur quriliş loyihasi “Osiyo Habib” MÇJ tomonidan 2026–2027-yillarda amalga oşirilib, foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan. Uşbu maskan kelgusida nafaqat Oltinsoy, balki butun vohamizning turizm salohiyatini yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qiladi.
Şuningdek, 2026 yilda tuman Tibbiyot birlaşmasiga qaraşli Yuqumli kasalliklar şifoxonasi 4 milliard
563 million söm, tumandagi 3 ta oilaviy poliklinika binolari 1 milliard 260 million söm mablağ evaziga ta’mirlanib, zamonaviy körinişga keltirildi.
Joriy yilda Olmazor mahallasida 23-maktab, Toğay Murod mahallasida 43-maktab hamda Ovçi mahallasida
26-umumta’lim maktablari binolari töliq mukammal ta’mirlandi.
Hurmatli bayram iştirokçilari!
Oltinsoy tumani özining qadimiy tarixi, muqaddas qadamjolari va betakror tabiati bilan ziyorat hamda sayyohlik turizmini rivojlantiriş uçun katta imkoniyatlarga egadir.
Bugungi kunda tumanimizdagi Söfi Olloyor, Xöja Muhammad Mavlonoyi Zohid hamda Xöjaipok ota ziyoratgohlariga mahalliy va xorijiy sayyohlarning taşrifi tobora ortib bormoqda. Bu maskanlar nafaqat tarixiy obida, balki xalqimizning ma’naviy merosi, ajdodlarimizdan qolgan bebaho qadriyatlarimizning yorqin ifodasidir.
Hozirgi kunda Söfi Olloyor ziyoratgohida keng kölamli quriliş va ta’mirlaş işlari olib borilib, ziyoratgoh zamonaviy qiyofaga keltirildi. Xuddi şuningdek, Xöja Muhammad Mavlonoyi Zohid ziyoratgohida ham ta’mirlaş va obodonlaştiriş işlari amalga oşirilib, uning tarixiy qiyofasini asrab-avaylagan holda zamonaviy şaroitlar yaratildi.
Aholi turmuş şaroitini yaxşilaş, mahallalar infratuzilmasini rivojlantiriş ham doimiy e’tiborimiz markazida bölib kelmoqda.
Birgina 2026 yilda tumanimizda 35 km masofada içimlik suvi tarmoği tortildi, 153 km içki yöllarga asfalt yotqizildi, 120 km elektr tarmoqlari tortilib, 25 ta yangi transformator örnatildi.
Sport sohasida ham Oltinsoy tumani yoşlari öz iqtidor va salohiyatini namoyon etib kelmoqda. Xususan, 2026 yilda ötkazilgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti kubogida Oltinsoy tumani Badiiy gimnastika jamoasi munosib iştirok etib, faxrli 1 örinni qölga kiritdi. Şuningdek, joriy yilda Qozoğistonda kuraş böyiça ötkazilgan Jahon çemionatida Oltinsoylik Jahongir polvon Maxmatraemov muvafaqqiyatli qatnaşib, jahon çempioni böldi.
2026 yilda ötkazilgan Prezident Olimpiadasida tumanimizning yoş sportçilari Yusupov Sultonali hamda Xudoyorov Şomaxmudlar munosib iştirok etib, bronza medalini qölga kiritişdi.
Biz yoşlarimizning har bir yutuğidan faxrlanamiz. Zero, bugungi sportçi yoşlar — ertangi kunimizning munosib davomçilari, Oltinsoy tumani şarafini yanada yuksaklarga kötaradigan avloddir.
Hurmatli va qadrli Oltinsoyliklar!
Siz azizlarni yana bir bor Oltinsoy tumani taşkil etilganligining 45 yillik bayrami bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Barçangizga mustahkam soğliq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinçlik-xotirjamlik, fayzu baraka, dasturxonlaringizga tökinlik tilayman.
Yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamişa omon bölsin!
Qutluğ 45 yoşing muborak bölsin, aziz Oltinsoy!
