📚 Tuman hokimi "Bilimlar kuni"da 1-sonli maktabda bo‘ldi
2026-09-02 10:00:00 / Yangiliklar

📚 Tuman hokimi "Bilimlar kuni"da 1-sonli maktabda bo‘ldi
Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov 2-sentyabr — Bilimlar kuni munosabati bilan tumandagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, yangi 2026–2027-o‘quv yilining ilk kuni bilan o‘quvchilar va ustozlarni muborakbod etdi.
Maktabda tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida o‘quvchilar, ota-onalar va pedagoglar ishtirok etdi. Tadbir davomida Vatanimiz madhiyasi yangrab, yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan ezgu tilaklar bildirildi.
Tuman hokimi o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, ta’lim olish, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallash kelajakdagi yutuqlarning muhim poydevori ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, maktabdagi ta’lim-tarbiya jarayoni, yaratilgan sharoitlar va o‘quvchilar uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishildi.
🔔 Ilk qo‘ng‘iroq yangradi — yangi maqsadlar, ulkan orzular va yorqin kelajak sari yangi o‘quv yili boshlandi!
#Oltinsoy #BilimlarKuni #BirinchiQo‘ng‘iroq #1Maktab #YangiO‘quvYili #Ta’lim






