Hokim o‘rinbosari qabul o‘tkazdi
2026-06-01 10:00:00 / Yangiliklar

#qabul
#oltinsoy
Hokim o‘rinbosari qabul o‘tkazdi
Oltinsoy tumanida tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xurram Chorievich Lapasov ishtirokida fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul asosan agrar sohaga oid masalalarga bag‘ishlanib, fermerlar, dehqonlar hamda fuqarolarning yer ajratish, sug‘orish suvi ta’minoti, agrotexnik tadbirlarni tashkil etish, subsidiya va boshqa qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi.
Murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ayrim masalalar joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yuklatildi.
Qabul davomida fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda agrar sohada mavjud masalalarga amaliy yechim topish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.
🇺🇿🇺🇿Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati 🇺🇿🇺🇿
📱telegram🌎oltinsoy.uz|📱Facebook|📱Youtube |📱Instagram






