KIBER JINOYaTChILIK HUJUMIDAN EHTIYoT BO‘LING
2026-05-18 10:00:00 / Yangiliklar

KIBER JINOYaTChILIK HUJUMIDAN EHTIYoT BO‘LING
Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunga kelib har kuni xalqaro internet tarmog‘ida 420 mingdan ziyod zararlangan dasturiy viruslar tarqatilmoqda. 2006 yillarda ushbu ko‘rsatkich 1,4 mingtani tashkil qilar edi. Bu esa xalqaro internet tarmog‘idagi kiberhujumlar diapazoni o‘tgan o‘n sakkiz yil ichida kamida 400-500 marta oshganidan dalolat beradi.
Ayni paytda xakerlar tomonidan viruslar orqali amalga oshirilayotgan kiberhujumlar juda xatarli tus olmoqda. Tarqatilayotgan viruslarning aksariyati bank xizmatlarini ko‘rsatadigan jahon axborot tarmog‘ini zaiflashtirish orqali, u yerdan moliyaviy ma’lumotlarni o‘g‘irlashni ko‘zlaydi.
2024 yil tahlillaridan ma’lum bo‘lishicha, bank-moliya sohasidagi yirik muassasalar, onlayn to‘lov jarayonlarini amalga oshiruvchi tizimlar, savdo majmualari, mehmonxona va savdo terminallari eng ko‘p foydalaniladigan markazlar xakerlarning asosiy diqqat markazida turadi.
Misol uchun, Carbanak kiber jinoyatchilik guruhi hamda uning SWIFT nomli xakerlari bank va bir qator moliyaviy institutlardan har yili 1 mln AQSh dollaridan ziyod mablag‘ni o‘g‘irlaydi. Bu turdagi jinoyatlarni amalga oshirish katta mablag‘ keltirgani hamda bu jinoyatlarni fosh etish qiyin bo‘lgani sababli ham, bugun xakerlik jinoyatlari va shunga o‘xshash axborot xurujlari soni ortib bormoqda.
Shuningdek, bugungi kunda dunyoda har 39 daqiqada xakerlik hujumlari uyushtiriladi va bundan har yili 60% insonlar kiber xujumdan zarar ko‘rishadi. Shu munosabat bilan bu sohada sodir qilinayotgan yoki sodir etilishi rejalashtirilayotgan jinoiy qilmishlarning o‘z vaqtida oldini olish, ularning sodir etilishiga olib kelgan omillarni chuqur tahlil qilish, amalga oshirilgan kiber tahdidlar va axborotlashtirish qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha tergov amaliyotini tubdan takomillashtirish dolzarb masala sanaladi.
Shu o‘rinda aytish mumkinki, firibgarlardan ogoh bo‘ling, begona shaxslarga bank kartangiz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni zinhor bermang. Aks holda kiber jinoyatchilar tomonidan sizning bank plastik kartangizdan noma’lum sabablarga ko‘ra pul yechib olinishi va sizning nomingizga bankdan kredit olinishi mumkin.
Siz o‘zingiz ishongan insonga bank plastik kartangizni 16 ta raqamini berishingiz mumkin. Biroq o‘zingizni ism va familiyangizni, bank plastik kartasini amal qilish muddatini xamda telefon raqamingizga ulangan plastik karta bo‘yicha kelgan SMS tasdiqlash kodini begonalarga zinhor bermang.
Kiber jinoyatchilar va firibgarlar tomonidan Siz tasodifiy o‘yinda g‘olib bo‘ldingiz, sovrinni olishingiz uchun kartangiz ma’lumotlarini va telfoningizga kelgan kodni bizga aytishingiz kerak, mazmunidagi, bundan tashqari Siz olx.uz ilovasiga qo‘ygan e’loningiz bo‘yicha mahsulotni xarid qilmoqchiman. Bank plastik kartangizga oldindan avans yubormoqchiman, faqat menga avval karta ma’lumotlaringizni so‘ngra SMS dagi tasdiqlash kodini ma’lum qiling deyishsa aslo rozi bo‘lmang. Yoki o‘zini Milliy bank xodimi deb tanishtirib, sizning plastik kartangizga kiber jinoyatchilar tomonidan hujum bo‘layotganligini, zudlik bilan telefon raqamingizga kelgan SMS kodni unga aytishni, u plastik kartada mavjud pul mablag‘ini saqlab berishini aytsa ishonmang. Bu holda telefon raqamingizga kelgan SMS kodni qo‘lga kiritib, plastik kartangizdagi bor pullar kiber jinoyatchilar tomonidan o‘zlashtiriladi.
Surxondaryo viloyat sudi
jinoyat ishlari bo‘yicha
sudlov hay’ati sudyasi J.Xudoyberdiev
