OLTINSOYLIK DEPUTAT "ECO EXPO CENTRAL ASIA 2026" XALQARO KO‘RGAZMASIDA ISHTIROK ETMOQDA
2026-06-03 18:57:00 / Yangiliklar

OLTINSOYLIK DEPUTAT "ECO EXPO CENTRAL ASIA 2026" XALQARO KO‘RGAZMASIDA ISHTIROK ETMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 15-maydagi 222-F-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash, shuningdek, ekologik barqarorlikni ta'minlash hamda "yashil" texnologiyalarni hayotga tatbiq etish maqsadida Samarqand shahridagi muhtasham "Silk Road Samarkand" sayyohlik majmuasida "Eco Expo Central Asia 2026" xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Xaitova Ayjomal Nazirovna faol ishtirok etmoqda.
Ayjomal Xaitova tadbirga tashrif buyurgan chet el fuqarolari, xorijlik investorlar va soha ekspertlari bilan ham samimiy muloqotlar olib bordi. Chet ellik hamkorlar bilan kechgan uchrashuvlarda xalqaro tajribalarni tumanimiz sharoitida qo‘llash imkoniyatlari hamda o‘zaro fikr almashish masalalari muhokama qilindi.
Oltinsoy tumani Kengashi deputatining bunday nufuzli platformadagi ishtiroki hududda ekologik islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.






