"STEAM" NMTT tashkiloti faoliyati o‘rganildi
2026-05-04 10:25:00 / Yangiliklar

"STEAM" NMTT tashkiloti faoliyati o‘rganildi
Tuman hokimi Otabek Mavlyanov hamda tegishli mas’ullar tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan STEAM yo‘nalishidagi nodavlat maktabdan tashqari ta’lim (NMTT) tashkilotining faoliyati o‘rganildi.
Tashrif davomida o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy o‘quv jihozlari, ta’lim jarayonining sifati hamda STEAM (fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika) yo‘nalishida olib borilayotgan mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, yoshlarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish hamda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.
Tuman hokimi tomonidan tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish hamda yoshlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.




