Fermerlar hamda hududlarga biriktirilgan vakillar ishtirokida ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
2026-05-04 10:15:00 / Yangiliklar

Fermerlar hamda hududlarga biriktirilgan vakillar ishtirokida ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi Otabek Mavlyanov hamda tuman IIB boshlig‘i Dilmurod Qurbonovlar ishtirok etib, sohada olib borilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Xususan, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, ekin maydonlaridagi holat, suv ta’minoti, moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, fermerlar tomonidan bildirilgan muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar va vakillarga aniq vazifalar yuklatildi.
Yig‘ilish yakunida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olinib, ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.









