MUROJAAT
2026-04-27 11:10:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

🟦 MUROJAAT
Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanovning tuman aholisiga murojaati
Assalomu alaykum, hurmatli va qadri baland tumandoshlar!
So‘nggi yillarda mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar barcha sohalarda tub ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlamoqda. Xususan, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish, adolatni qaror toptirish, qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi. Davlat xizmatlarining raqamlashtirilishi, “Ochiq budjet” tizimining joriy etilishi, davlat xaridlarida shaffoflikning ta’minlanishi hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimining takomillashtirilishi bu yo‘ldagi muhim islohotlardir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek:
“Korrupsiyaga qarshi kurash — bu faqat davlat organlarining emas, balki butun jamiyatning, har bir fuqaroning burchidir.”
HURMATLI TUMANDOSHLAR!
Oltinsoy tumani hokimligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida murosasiz va qat’iy siyosat amalga oshirilmoqda. Barcha tashkilot va muassasalarda qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan.
Mansab vakolatini suiiste’mol qilish, shaxsiy manfaatni ustun qo‘yish yoki noqonuniy harakatlarga yo‘l qo‘yish holatlariga nisbatan qonun doirasida eng qat’iy choralar ko‘riladi.
Har bir rahbar va xodim o‘z faoliyatida quyidagi tamoyillarga qat’iy amal qilishi shart:
* Halollik
* Vijdon
* Mas’uliyat
QADRLi FUQAROLAR!
Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va farzandlarimiz kelajagi har birimizdan faol fuqarolik pozitsiyasini talab etadi. Agar biz birlashib, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lsak, albatta katta ijobiy natijalarga erishamiz.
Sizlarni har qanday qonunbuzarlik holatlariga befarq bo‘lmaslikka, jamiyatda adolat va shaffoflikni ta’minlashda faol ishtirok etishga chaqiraman.
Agar davlat organlari yoki mansabdor shaxslar faoliyatida korrupsiyaga oid holatlarga duch kelsangiz, belgilangan tartibda murojaat qilishingizni so‘raymiz. Barcha murojaatlar qonun doirasida ko‘rib chiqiladi va maxfiyligi kafolatlanadi.
Birgalikda harakat qilsak — adolatli, shaffof va farovon jamiyat barpo etishga albatta erishamiz!
Hurmat bilan,
Oltinsoy tumani hokimi
Otabek Mavlyanov
