Karsagan mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-02-18 14:25:00 / Yangiliklar
Aholi murojaatlarini o‘rganish hamda ijtimoiy masalalarni joyida hal etish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Qulmamatov Farxod Hamidovich tomonidan Karsagan mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Karsagan mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
Aholi murojaatlarini o‘rganish hamda ijtimoiy masalalarni joyida hal etish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Qulmamatov Farxod Hamidovich tomonidan Karsagan mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan 31 ta murojaatlar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tushuntirish va amaliy ko‘maklar berildi.
Tadbirda tuman hokimi Otabek Mavlyanov ham ishtirok etib, o‘z vakolati doirasida savollarga javoblar berdi hamda masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi.








