Korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
2026-01-15 10:45:00 / Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaati ijrosini ta’minlash doirasida Oltinsoy tumani Tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirokida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Respublika Sog‘liqni saqlash Vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurash Boshqarmasining Surxondaryo viloyati bo‘yicha Bosh mutaxassisi A. Abdullayev, Sog‘liqni saqlash Vazirligi Nazorat inspeksiyasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha bosh mutaxassisi E. Sadatov, viloyat Tibbiyot boshqarmasining bosh mutaxassisi M. Sattarov, Bosh hisobchisi va Bosh yuristi A. Sattorovlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida tibbiyot sohasida korrupsiya holatlarining oldini olish, shaffoflikni ta’minlash va qonun ustuvorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish har bir xodimning burchi ekani alohida ta’kidlandi.
✅telegram (https://t.me/oltinsoy_tumani_hokimligi)|🌍oltinsoy.uz|💬Facebook (https://www.facebook.com/Urolbek6674)|📹You tube (https://www.youtube.com/channel/UCZn78WA9vwQfcMBm5Jnuw7w)







