FAROVONLIK OBODLIKDAN BOSHLANADI
2025-12-17 17:00:00 / Yangiliklar

FAROVONLIK OBODLIKDAN BOSHLANADI
Oltinsoy tumanidagi Yangi O‘zbekiston qiyofasi shakllanayotgan “Yangiqurilish” mahallasida tashkilot va korxonalarning rahbarlari, mahalla yettiligi, oqsoqollar va loyihaga mas’ul xodimlar ishtirokida shtab yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Surxondaryo viloyat hokimligi tashkiliy kadrlar guruh rahbari Faxriddin Mengliev, Oltinsoy tumani hokimi Bahrom Maxmatraemov, hokim o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda “Yangiqurilish” mahallasini “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylantirish, ko‘chalarni asfaltlash, elektr va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash borasida loyihada ko‘rsatilgan vazifalarni nihoyasiga yetkazish borasida so‘z bordi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqan mahalla oqsoqollari davlatimizning g‘amxo‘rligi uchun minnatdorchilik bildirishdi va mahalla ahli ham obodonchilik ishlaridan chetda turmasligini ta’kidladilar.




