SPORTCHI BILAN YOSHLAR UCHRASHUVI
2025-12-17 15:10:00 / Yangiliklar

SPORTCHI BILAN YOSHLAR UCHRASHUVI
Bugun, Oltinsoy tuman hokimligining majlislar zalida yoshlar o‘rtasida dzyudo sporti bo‘yicha jahon chempioni Jahongir va akasi Jamshid polvon Mamatrahimovlarning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Oltinsoy tumani hokimi Bahrom Maxmatraemov Jahongir polvonni yaqinda vohamizda o‘tkazilgan katta kurash musobaqasida mutlaq vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Prezident sovg‘asi bo‘lgan “Damas” avtomobili bilan mukofotlanganligini e’tirof etdi va uni qizg‘in tabrikladi.
Shundan so‘ng tuman hokimi B.Maxmatraemov uchrashuvga kelgan serg‘ayrat, ko‘zlari chaqnab turgan yoshlarga murojaat qilib, Jahongir va Jamshid polvonlar singari ustozlardan o‘rganib, mahoratini oshirib, nufuzli bellashuvlarda g‘olib bo‘lib tumanimiz obro‘sini yanada yuksaltirishga chorladi.




