OLTINKO‘L TUMANIDA IS GAZIDAN ZAHARLANISHNING OLDINI OLISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI
2026-10-29 17:30:00 / Yangiliklar

OLTINKO‘L TUMANIDA IS GAZIDAN ZAHARLANISHNING OLDINI OLISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI
Oltinko‘l tumanida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, is gazidan zaharlanish va yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan seminar tashkil etildi.
Seminar davomida tabiiy gaz va isitish moslamalaridan xavfsiz foydalanish, gaz jihozlarini soz holatda saqlash hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida aholi xavfsizligini ta’minlash va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
| Telegram | Facebook | Instagram |
